• Uzbek
  • Русский
  • English

"Adabiyotshunoslik" kechasi

             2017 yil 16- fevral kuni universitet Axborot-resurs markazi 1-toifali kutubxonachisi N.Umarova va 2-sonli talabalar turar joyi talabalari ishtirokida Ingliz tili
3 fakulteti faollar zalida Nizomiddin mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag`ishlangan adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirda Milliy akademik teatri aktrisalari O`zbekiston xalq artistlari Gavhar Zokirova, Zuxra Ashurovalar hamda shoira Zarifa Umarovalar tomonidan adabiyotimizning buyuk shoirlarining hayoti va ijodi xaqida tadbir qatnashchilariga so`zlab, g`azallaridan parchalar o`qib berdilar. Shuningdek Ingliz tili 3 fakulteti 3-kurs talabasi M.Maxmanazarova, 1-kurs talabasi M.Nurboyeva, 2-kurs talabasi Sh. Xudoyshukurov, 4-kurs  talabasi M. Rajabovalar Alisher Navoiy hamda Zaahiriddin Muhammad Bobur g`azallaridan ifodali tarzda o'qib berdilar. Tadbir so`nggida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

 

 

 

 

Copyright © 2017 | Tukhtayev Sardor