• Uzbek
  • Русский
  • English

"Bobur - buyuk shoh va shoir" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

15 fevral sanasida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor G. Bakiyeva hamda Ingliz tili birinchi fakulteti tashabbusi bilan "Bobur - buyuk shoh va shoir" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 
Tadbir avvalida buyuk shoh va shoir ijodi va uning hayotiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi qisqa hujjatli film namoyish etildi. shundan so‘ng, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Z. Teshaboyeva "Boburnoma" memuarining ilmiy qiymati hamda uning tarjimalari haqida ma’ruza qilib, u haqda talabalarga to‘liq ma’lumot berib o‘tdi. 

 

Ushbu tadbirga iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlab kelingan Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylari yig‘ilganlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. 
Tadbirning ikkinchi qismida O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan tashrif buyurgan xonanda Umid Eshonxo‘jayev boshchiligida sozandalar   guruhi Bobur g‘azallariga yozilgan kuy-qo‘shiqlarni ijro etib, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarga xush kayfiyat ulashdi. 
Tadbir davomida talabalar Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiy faoliyati haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Copyright © 2017 | Tukhtayev Sardor