• Uzbek
  • Русский
  • English

Xotira va qadrlash kuni

         2018 yil 05 may kuni universitet Axborot-resurs markazi “Xorijiy adabiyotlar” o`quv  zalida  Xotira va qadrlash kuniga bagishlangan tadbir o`tkazildi. Tadbirda  Toshkent shahar pedagoglar malakasini oshirish instituti dotsenti Mohira Xoliqova, «AL-SIT Huquq» advokatlar xay`ati advokati Muzaffar Xayitov, O`zDJTU 4-sonli TTJ pedagog  tarbiyachisi D.Afzalhonova, Ingliz tili 3- fakulteti 1-bosqich talabalari, Roman-german fakulteti 1 – 4 bosqich talabalari va ARM hodimlari qatnashdilar. Tadbirni yosh havaskor doirachilar ansambli ochib berdi. Muzaffar Xayitov va Mohira Xoliqovalar tadbir qatnashchilariga buyuk ajdodlarimiz haqida qiziqarli tarzda so`zlab berdilar. Roman-german fakulteti 1-bosqich talabasi Temirova Bibimahzuna O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov xotirasiga  bagishlangan «Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch» deb nomlangan taqdimotni havola etib, Muhammad Yusufning  Vatan haqidagi she`rini ifodali tarzda o`qib berdi. Tadbir so`ngida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
 

 

Copyright © 2017 | Tukhtayev Sardor