• Uzbek
  • Русский
  • English

Umumiy qoidalar

O'zDJTU Ilmiy kengashi yig'ilishi nmhokamasi asosida qabul qilingan  2008 yil 24 aprel

O' ZBEKISTON  DAVLAT JAXON TILLARIUNIVERSITETIAXBOROT- RESURS MARKAZIDAN FOYDALANISH QOIDALARI

 1. Umumiy qoidalar

1.1  O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazi (keyingi o'rinlarda ARM deb ataladi)dan foydalanish qoidalari «Ta'lim

muassasasining axborot resurs markazi to'g'risida namunaviy Nizom»ga asoslanib ishlab chiqildi.

1.2  ARM faoliyati demokratiya insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, fuqarolilik, shaxsning erkin kamol topishi prinsiplarini ta'minlaydi.

1.3  ARMdan foydalanish qoidalari kitobxonlarga xizmat ko'rsatishning umumiy tartibini, ARM va foydalanuvchining xuquq va majburiyatlarini belgilaydi

2.  Foydalanuvchilar, ularning xuquq, majburiyat va javobgarliklari

2.1 ARM asosiy kutubxona-axborot xizmatidan talabalar, o'quvchilar, aspirantlar, professor-o'qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, ishchi-xodimlar, shuningdek mazkur ARM xizmat ko'rsatadigan xududda yashaydigan, fuqaroligi, yoshi, ijtimoiy va boshqa jixatdan mansubligidan qat'i nazar, barcha axoli, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (keyingi o'rinlada foydalanuvchilar deb ataladi) bepul foydalanish xuquqiga ega:

•    ARM fondi tarkibi haqida kataloglar va kartotekalar tizimi va boshqa ma' lumotlar uzatish shakllari orqali to'liq axborot olish;

•    ARM fondidan istalgan o'quv, ilmiy, davriy, ma'lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boshqa nashrlar (keyingi o'rinlarda xujjatlar deb ataladi)ni abonement va o'quv zallaridan vaqtincha foydalanish uchun olish;

•    xujjatlami qidirish va tanlashda, elektron ma'lumotlar bazasidan foydalanishda maslaxat yordami olish;

•    mintaqaning Axborot-kutubxona markazlaridan va boshqa ARMlardan xujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini kutubxonalararo abonement orqali buyurtma qilish va olish;

 xujjatlardan foydalanish muddatini belgilangan tartibda uzaytirish;  

•  ARM tomonidàn o'tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish;

•   ARMning jamoat kengashiga saylash va saylanish.

2.1  ARM tomonidàn ko'rsatiladigan pullik xizmatlarning ayrim turlari ro'yxati, ular uchun to'lanadigan xaq miqdori «ARMda maxsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish to'g'risida Nizom», «ARMning pullik abonementi to'g'risida Nizom», «ARMdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun iqtisodiy jarimalar to'lash to'g'risida Nizom»larda belgilanadi va universitet xuquqshunosi bilan kelishgan xolda universitet ilmiy kengashi tasdiqlaydi (Maxsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha me'yoriy xujjatlarning ro'yxati va pullik xizmatlarning namunaviy ruyxati ilovada keltiriladi).

2.2  Foydalanuvchilarga biryo'la foydalanish uchun beriladigan xujjatlar soni ARM tomonidàn yakka tartibga solinadi.

2.3 Foydalanuvchilar ARMdan olingan xujjatlarni va boshqa materiallarni extiyot qilish va ularni belgilangan muddatda qaytarish; o'quv zali ochiq fondidagi xujjatlarni joylashtirish tartibini buzmaslik va kitobxonlik formulyarida belgilanmagan nashrlarni olib ketmaslik; xujjatlarning varoqlariga chizish, ularni bukmaslik va yirtmaslik; katalog va kartotekalardagi kartochkalarni sug'urib olmasliklari shart;

2.4 Foydalanuvchi xujjatlar va materiallarni olishda ularni ko'zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda ARM xodimiga ma'lum qilishi lozim, aks xolda xujjatning ishdan chiqqanligi uchun javobgarlik oxirgi foydalangan foydalanuvchiga loklatiladi.

2.5 Foydalanuvchilar kitobxonlik guvohnomalarini boshqa shaxslarga berishlari yoki boshqa kitobxon guvoxnomasidan foydalanishlari mumkin emas, ushbu qoidani buzgan foydalanuvchilar ARM xodimi tomonidàn belgilangan tartibda jazolanadilar.

2.6 Foydalanuvchilar o'quv yilining oxirida oigan jami xujjatlarni topshirishlari, o'quv yilining boshida qayta ro'yxatdan o'tishlari lozim. Qayta ro'yxatdan o'tmagan foydalanuvchilarga ARM xizmat ko'rsatmaydi.

2.7  Universitetni bitiruvchi talabalar ARMdan oigan xujjatlarni va kitobxonlik guvoxnomalarini topshirishlari shart.

2.8 ARM fondidan olingan xujjatlar va materiallarni yo'qotgan yohud ularga tiklab bo'lmaydigan darajada ziyon etkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidàn teng qimmatli deb e'tirof etilgan xujjatlar va materiallar bilan almashtirishi, almashtirish mumkin bo'lmagan taqdirda ulaming qiymatini bir necha baravar miqdorda to'lashi shart. Qiymatining necha baravar miqdorda to'lanishi ARM mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidàn, yo'qotilgan yoki yaroqsizlantirilgan xujjatning qiymatidan kelib chiqqan xolda hamda amaldagi tartibga soluvchi xujjatlarga muvofiq belgilanadi.

2.10  ARM fondiga zarar etkazgan shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.

3    ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlari

3.1  ARM o'z ish faoliyati davomida foydalanuvchilaming ushbu Nizomning 2.1 va 2.2 bandlarida ko'rsatilgan xuquqlarini bajarilishini ta'minlaydi.

3.2  ARM majburiyatlari:

•    ARM fondlaridagi xujjatlar va materiallarni ulaming saqlanishini ta'minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq xisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma'lumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo'llanmalarni ishlab chiqish;

•   foydalanuvchilami ARMdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash;

•   foydalanuvchilaming extiyojlarini o'rganish va to'liq qondirish;

•   kutubxona, bibliografik, ma' lumotnoma-axborot xizmati ko'rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo'yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;

•    foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishda ioksak madaniyat va malakalilikni ta'minlash, zarur xujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko'rsatish: informatika, elektron kutubxona va bibliografiya asoslaridan darslar o'tkazish, katalog va kartotekalardan foydalanish xaqida og'zaki maslaxatlar berish, mavzuli adabiyotlar ko'rgazmalarini tashkil etish, bibliografik obzorlar, axborot va kafedralar kunlarini o'tkazish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;

•   foydalanuvchilaming qiziqishlari va axborotlarga bo'lgan extiyojlarini o'rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan xolda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko'rsatishni amalga oshirish;

•   zarur axborotni qidirib topishga o'qitishda mustaqillikni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mustaqil ravishda ta'lim olish ko'nikmalarini rivojlantirishga ko'maklashish;

•    fondlarda zarur xujjatlar va materiallar qidirib topish ishlarini amalga oshirish # hamda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan xalqaro abonement tizimi orqali taqdim etish;

•   ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazish, ARMning ijobiy nufuzini yaratishga ko'maklashish;

•   ARM fondlarini va uning tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning extiyojlarini o'rganish hamda ularning talablariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish;

•    berilgan xujjatlami ARM fondiga o'z vaqtida qaytarilishini doimiy nazorat qilish;

•    ARM da foydalanuvchilar uchun etarli shart-sharoitlarni yaratish va ta'minlash.

Copyright © 2017 | Tukhtayev Sardor