• Uzbek
  • Русский
  • English

Axborot-resurs markaziga a`zo bo`lish tartibi

 Foydalanuvchilarning ARMga yozilish tartibi

1.1 Foydalanuvchilar ARMga a'zo bo'lish uchun tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomani, pasportini yoki uning o'rnini bosadigan xujjatini, zarur miqdordagi fotosuratlarini, ish yoki o'qish joyidan ma'lumotnoma va tavsiyanoma taqdim etadilar hamda kitobxon formulyarini va ro'yxatdan o'tkazish varaqasini to'ldirish uchun ma'lumotlar beradilar. Buning asosida foydalanuvchiga kitobxonlik guvoxnomasi topshiriladi. Kitobxonlik guvoxnomasi ARMdan foydalanish xuquqini beradigan yagona xujjat hisoblanadi. Boshqa shaxarlik fuqarolar vaqtinchalik kitobxon biletini pasportini yoki uning o'rnini bosadigan xujjatni bergan xolda oladilar. Boshqa mamlakat fuqarolari biletini o'z mamlakatlari pasporti yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi xujjat asosida oladilar.

1.2 ARMga a'zo qilish ARM abonementida amalga oshiriladi.

1.3 Foydalanuvchilar ARMga a'zo bo'lishda foydalanish qoidalari bilan tanishishlari va qoidalami bajarish, unga to'liq amal qilish majburiyatiga javobgarliklarini kitobxonlik guvoxnomasi hamda kitobxon formulyarida imzo bilan tasdiqlashlari lozim.

Copyright © 2017 | Tukhtayev Sardor